Nuroniylar muzeyda

Bugun, 30-noyabr kuni “Noyabr oyi – Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyida Taxiatosh tumanidan 1979-1989-yillardagi Afg‘on urushi jangchi-faxriylaridan iborat bir guruh nuroniylar tashrif buyurishdi. Mehmonlarga muzeyi bo‘limlari va ekspozisiyalar bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Manba: I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyining Axborot xizmati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasining axborot xizmati