Bir qator vazirlik va idoralar xodimlari jismoniy normativ sinovlaridan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5148-sonli Qarorida sport sinovlarining har yili muntazam ravishda o‘tkazib borishda aholining barcha qatlamlari xohishiga ko‘ra faol ishtirok etishini ta’minlash vazifasi belgilangan. Ushbu munosabat bilan, joriy yilning avgust oyidan boshlab bugungi kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi, Xalq ta’lim vazirligi, Statistika boshqarmasi faoliyat olib borayotgan 108 xodimdan, shuningdek, boshqa 417 tashkilot va idoralardan jami 8851 xodimdan jismoniy normativ sinovlari (jismoniy mashg‘ulotlar) olindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasining axborot xizmati