"Ayqulash" qoraqalpoq milliy folklor ansambli xalqaro folkloriadada ishtirok etadi

Joriy yilning 3-10 iyul kunlari Xalqaro folklor festivallari va hunar tashkilotlari kengashi CIOFF Bosh assambleyasining qaroriga muvofiq, Rossiya Federasiyasi, Boshqirdiston Respublikasida xar tort yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadigan VI-CIOFF jahon folkloriadasi tashkillashtiriladi. Tadbirda “Ayqulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli jamoasi qoraqalpoq milliy qo‘shiq va raqslarini o‘z ichiga jamlagan  kompozisiyasi bilan  ishtirok etadi. Ayni paytda ansambl a’zolari va mashhur san’at vakillaridan  tashkil topgan delegasiya Boshqirdiston Respublikasida. 

Manba: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasining axborot xizmati