Ayollar liboslari

Qadimiy ayollar libosi muqaddas mazmunga ega bo’lib, u ayollarni hunarmandchilik ustasi deb hisoblangan, hamda, uning yoshi, ijtimoiy mavqei va qaysi qabilaga mansubligini bildirgan. 

Qoraqalpog'istonlik qizlar va kelinlarning liboslarida "Qirq qiz" dostonidagi yosh jangchilarning obrazlari tasvirlangan. Misol uchun, qizlar 15-16 yoshga to’lganda kiyadigan ko’k tunika kiyim (ko’k ko’ylek), Guloyim dostoni qahramoni tomonidan huddi shu yoshda kiyilgan. Bunday ko’ylak rangli ipakdan tayyorlangan kashta bilan o’ralgan. Libos naqshlarining turli xil chiziqlari kashtaning markazida joylashgan va burchaklari pastga qaratilgan. Maydonning o’rtasida ko’pincha ma’lum uslubga solingan sirg’alar tikilgan. Qolgan qismlar esa “sovut” naqshi bilan kashtalangan.

Boy oiladan bo’lgan qizlar feruza toshlar va marjonlar qadalgan zarrin kumushdan tayyorlangan, aylana tiara yoki shlemga o’xshash do’ppilarni kiyishgan. Kelinlar to’y kuni saukele bosh kiyimi ostidan tiarani ohirgi marta kiyishgan. Libosning “dubulg’a pardasi”  va “quloqchinlari” “qirollik tamg’asi” to’g’nog’ichi bilan, hamda, zarrin kumush, marjon va feruzadan tayyorlangan “ovchi qush” tumori bilan bezatilgan. Bundan tashqari, ular marjon munchoqlari va zargarlik tizmalari bilan qoplangan.

Kigiz qalpoq va bo’yinni yopadigan qora va qizil movutli kashta bilan bezalgan. Orqadan, kaftning tagidan, kashta tizmalari va rangli biser taramlari tushgan.

Turli xil yoshda kiyilgan liboslar qoraqalpoq ayollaring butun hayot tarzini o’zida aks ettirgan. Bayramlarda, ayollar va qizlar qiz yoki kashtali ko’k libos kiyishgan. Yosh ayollar rang-barang o’zbek ikati liboslarini kiyishgan bo’lsa, yoshi kattalar oq-qizil katak-katak kiyimlar, keksa ayollar esa oq matodan to’qilgan liboslarni kiyishgan.

Bayram libosi yolg’on yengli jegde keng choponi bilan mos tushgan. Yosh ayollar kashta yoqali, qizil ipakdan qilingan jipek-jigde ni kiyishgan; yoshi katta ayollar esa to’liq kashta bilan qoplangan oq paxtadan tayyorlangan kesteli-jegde ni kiyishgan.