Loyiha haqida

Qoraqalpog‘iston haqida veb-sayt BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan, BMTning “Orol fojiasidan jabrlangan aholining turmush darajasini yaxshilash” qo‘shma dasturi doirasida, BMTning inson xavfsizligi maqsadli fondi moliyaviy ko‘magi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining amaliy yordami bilan ishlab chiqildi.

YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bu dastur orqali o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi -turizm va hunarmandchilikni barqaror rivojlantirish orqali mahalliy aholining ijtimoiy va iqtisodiy farovonligini targ‘ibot qilish, Qoraqalpog‘istonning madaniy va tabiiy merosining turfa xilligi va boyligi haqida xabardor qilishni oshirish va ommalashtirishda, milliy salohiyatini kuchaytirishda amaliy yordam ko‘rsatish.

Ushbu dastur doirasida, mahalliy va xalqaro mutaxassislar ishtirokida Qoraqalpog‘istonning milliy hunarmandchiligi va innovatsion dizayn bo‘yicha bir qator amaliy seminarlar o‘tkazildi. Shuningdek, xalqaro va mahalliy mutahassislar ishtirokida Qoraqalpog‘istonda turizmni barqaror rivojlantirish, brending masalalarini o‘z ichiga olgan xalqaro ilmiy anjuman tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda Nukus shaxridagi O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoshidagi xunarmandchilikni rivojlantirish markazini qo‘llab-quvvatlashda yordam ko‘rsatildi.

Ushbu Veb-saytning maqsadi Qoraqalpog‘istonning noyob tarixiy, madaniy va tabiiy merosini yanada ommalashtirish hamda mintaqaning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishdan iborat. Mazkur veb-sayt Qoraqalpog‘istonga tashrif buyuruvchilar uchun foydali va amaliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Umid qilamanki, ushbu veb-sayt Qoraqalpog‘istonning madaniy va tabiiy turfa xilligini yoritishda hamda mintaqani o‘rganishga va tadqiq qilishga bo‘lgan qiziqishni o‘sishiga yordam beradi.


© YuNESKO, 2019

© O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, 2019

Mazkur veb-saytda foydalanilgan atama va taqdim etilgan ma’lumotlar YuNESKO tomonidan qandaydir davlat, shahar, hudud, tuman va chegara hududlari yoki ularning boshqaruv idoralarining huquqiy maqomiga nisbatan biror-bir fikr yoki yondashuvning ifodalanishi bo‘lib hisoblanmaydi.

Mazkur veb-saytda ko‘rsatilgan fikr va nuqtai nazarlar uchun javobgarlikni tuzuvchilar o‘z bo‘yniga oladi. Tuzuvchilarning nuqtai nazarlari YuNESKOning rasmiy pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin va ular tomonidan mazkur tashkilotga hech qanday majburiyatlar yuklatilmaydi.

Tuzuvchilar:

Maqset Qarlibayev - tarix fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Ijtimoiy fanlar instituti direktori o‘rinbosari: “Tarixiy meros”, “Madaniy meros” va “Muzeylar” bo‘limlari.

Vadim Yagodin - tarix fanlari doktori, professor, “Madaniy meros” bo‘limi.

Svetlana Mambetullayeva - biologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Tabiy fanlar institutining hayvonot olami ekologiyasi bo‘limi mudiri: «Tabiiy merosi» bo‘limi

Zafara Aliyeva - san’atshunoslik fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi San’atshunoslik institutining katta ilmiy xodimi: “Madaniy meros”, “Muzeylar” bo‘limlari. 

Fotorasmlar uchun huquq (Alfavit bo‘yicha):

© Aliyeva Zafara

© Qoraqalpog‘iston davlat ulkashunoslik muzeyi

© Kannazarova Arslan

© O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Ijtimoiy fanlar instituti

© O‘zbekiston Badiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi

© Qarlibayev Maqset

© Matkarimov Azamat

© Maxmudova Muhayyo

© Buyuk Pyotr nomidagi Rossiya Fanlar akademiyasining antropologiya va etnografiya muzeyi (Kunstkamera)

© David va Syu Richardsonlar

© Petrushina Irina

© YuNESKO

© Sharipov Quanishbek

© Yarulin Ravil

Veb-dizayn: Azamat Matkarimov

Ingliz tilida korrektor: Andji Kerns

Ingliz tiliga tarjimon: Rustam Axmedov

O‘zbek tiliga tarjimon: Rustam Axmedov

Qoraqalpoq tiliga tarjimon: Tazagul Bayniyazova

Nemis tiliga tarjimon: Anna Derksen

Frantsuz tiliga tarjimon: Elodi Bonar