ICHKI VA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilindi:

Bunda, Maxsus komissiyaga quyidagi vakolatlar berilsin:

yo‘lovchi tashuvchilar, turoperator (turagent) va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning Maxsus komissiyaga kiritgan takliflariga asosan subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l qatnovlar yo‘nalishlarini belgilash;

aviatashuvchilar, turoperator (turagent)lar, manfaatdor vazirlik va idoralarning Maxsus komissiyaga kiritgan takliflariga asosan avia chipta hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari narxlarining subsidiyaladigan eng yuqori (cheklangan) darajasi (summasi)ni o‘rnatish;

subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l qatnovlar yo‘nalishlarini bandligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, hal etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.

Qarorga kura:

Maxsus komissiya tomonidan joriy etilayotgan aviaqatnovlarga chiptalar 40 foizgacha, turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryo‘l chiptalariga 15 foiz, mehmonxona xizmatlariga 10 foiz qo‘shimcha chegirmalar taqdim etiladi;

mahalliy yashovchining har bir yashagan kuni uchun joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 foizini tashkil etadi;

turistik tashkilotlarning ishchilari, gidlar (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar malakaviy imtihonlarini o‘tkazish 2022-yil 1-martdan boshlab amalga oshiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan aviatashuvchilarga subsidiya ajratish Transport vazirligi hamda turoperator va turagentlarga avia va temir yo‘l chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini qaytarish Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Tashrif buyuruvchilar uchun shart-sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan turizm salohiyati yuqori bo‘lgan madaniy meros obyektlari

RO‘YXATI

T/r

Obyekt nomi

Manzili

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

“Abdullo Norinjiy” ziyoratgohi

Ellikqal’a tumani, “Iftihor” MFY

2.

“Shayx Jalil bobo” ziyoratgohi

Qorao‘zak tumani, “Kuyboq” OFY

3.

“Hakim ota” ziyoratgohi

Mo‘ynoq tumani, “Hakim ota” OFY

4.

“Kechirmas ota” ziyoratgohi

Ellikqal’a tumani, “Guldirsin” OFY

Izoh: 7. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 30 mln so‘mgacha kreditlar taqdim qilinishini yo‘lga qo‘yish;