Isroillik auditoriya uchun Qoraqalpog‘istonning turistik salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

16-mart kuni O‘zbekistonning Isroildagi Elchixonasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o‘rtasida videokonferentsiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekistonning Isroildagi Elchisi Feruza Maxmudova, Isroil turistik korxonalari va turistik uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rasul Zarikeev, Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bayram Kusekeev, shuningdek Qoraqalpog‘istonda faoliyat yuritayotgan davlat muzeylari va turistik korxonalar, turizm sohasiga oid tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi. 

Onlayn tarzda o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda Isroillik auditoriya uchun Qoraqalpog‘istonning turistik salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi, turistik tashkilotlar tomonidan ularning faoliyati va bugungi kundagi imkoniyatlari keng tarq‘ibot qilindi, I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzey to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi, shuningdek hududning turistik salohiyatini aks etuvchi videorolik ko‘rsatildi.

Tadbir yakunida ikki tomon ishtirokchilari tomonidan yaqin kelajakda turizm sohasi bo‘yicha xamkorlik qilishga tayyor ekani qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasining axborot xizmati