Turizmning bahorgi mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yil 15-mart kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi va tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Bahorgi turistik mavsum boshlandi: sayohatga marhamat!” turizmning bahorgi mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining madaniyat ishlari bo‘yicha maslahatchisi Gulbaxar Izentaeva, Vazirlar Kengashi raisining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rasul Zarikeev, Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bayram Kusekeev, madaniyat san’at muassasalari, mahalliy turistik tashkilotlar, umumiy ovqatlanish shahobchalari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yangi mavsumning ochilish marosimi, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilot vakillari bilan sohaning yanada rivojlanishi bo‘yicha muhokamalar, turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun berilgan imtiyozlar taqdimoti, milliy baxshi va jirovlarning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbir mahalliy hunarmandlar va turizm sohasida xizmat ko‘rsatayotgan bir qator tahkilotlarning ko‘rgazmasi bilan yakunlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasining axborot xizmati