Chimboy tumanida birinchi oilaviy mehmon uyi ochildi

Azaldan Chimboy tumani o‘zining anʼanaviy xunarmandlari bilan ajralib kelgan.  Aholining qariyb 90 foizi turli xil xunarmandchilik yo‘nalishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda. Qoraqalpoq milliy o‘tovlarini tayyorlash, musiqiy asboblarni yasash, zargarlik, kashtachilik, shiy to‘qish, quroqchilik kabi xunarlar bu maskanda avlodtan avlodga o‘rgatilib kelmoqda. Xunarmandchilik faoliyati Chimboy xalqi uchun xam milliy qadriyatlarni saqlash xam daromad manbai bo‘lib hisoblanadi. 

Hududning o‘ziga xosligini respublikamizning boshqa viloyatlari va hattoki dunyoga tanitish maqsadida bu yerda turizm sohasi jadal rivojlanmoqda. Xususan 2019 yil mart oyida mahalliy va respublika OAV va turistik tashkilotlari uchun Chimboy tumani anʼanaviy xunarmandchiligi bo‘yicha Infotur tashkil etildi. Mazkur tadbirda 15 dan ortiq OAV va 30 dan ortiq turistik tashkilotlar ishtirok etishdi.

Bugungi kunda etnoturizm yo‘nalishidagi yangi turistik maskanda xunarmandchilik ustaxonalari bilan birga yangi oylaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yaqinda milliy o‘tov tayyorlovchi usta-xunarmand Azamat Turekeyevning oylaviy mehmon uyi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Lola Zakirlayeva, tuman hokimi o‘rinbosari Ubayxan Qalilayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Xunarmandlar boshqarmasi boshlig‘i  Dilfuza Allambergenova va mahalliy nuroniylar qatnashdi.

Mehmon uyi, ustaxona va uy-muzeydan  iborat yangi turistik majmuada yashash, qoraqalpoq milliy taomlarini tayyorlash va o‘tov yasash bo‘yicha mahorat darslari xizmatlari mavjud.

Эльшад Валиев - Қорақалпоғистон Республикаси туризмни ривожлантириш ҳудудий бошқармаси бош мутахассиси