Tabiiy meros

Qoraqalpog’iston ajib va turfa xil tabiatga ega. U ko’plab landshaftlar, foydali qazilmalar, boy hayvonot va o’simlik dunyosida namoyon bo’ladi. Ushbu bepoyon hududda 400dan ortiq hayvonlar turlari yashaydi va 1000dan ortiq o’simlik turlari o’sadi.

Qoraqalpog’iston tabiati faqat unga xos bo’lgan uchta landshaft bilan ajralib turadi.  Bular: Amudaryo deltasi, pasttepaliklarli Qizilqum cho’lining shimoliy-g’arbiy tomoni va o’ta tekis Ustyurt platosining sharqiy chekkasi.

Amudaryo deltasi o’zining butazor o’rmonlari: to’qay va qamish daraxtzorlari bilan mashhur.  Ular tuproq namgarchiligini ta’minlaydi va oldinlari Amudaryo quyi oqimida katta hududlarda o’stirilgan. Deltada, shuningdek, ko’plab irmoqlar, kichik ko’llar, va botqoqliklar bo’lgan.

Qizilqum cho’li Amudaryo va Sirdaryoning qadimiy quruq sertuproq irmoqlari olib kelgan qumlari bilan ajralib turadi. Yaqin o’tmishda, u shimoliy-g’arbiy tomondan yangi paydo bo’lgan Orolqum cho’li bilan birlashgan. Uning tarkibiga: janub tomondan Mo’ynoq tepaligidan, shimol tomondan Kulandi yarim oroligacha bo’lgan orollar tizmasi yaxlit hududi kiradi.

Ustyurt platosi -bir nechta drenajsiz chuqurliklardan iborat, balandligi 300m ga yetadigan uzluksiz baland tekislik hisoblanadi. Ularning eng mashhurlari: Borsakelmas va Assake-Audanlardir.

Har bir tabiiy landshaft, daryo vodiylar, qumli va gipsli sahrolarga xos bo’lgan, turfa xilligi bilan ajralib turadigan, o’zining hayvonot, o’simlik dunyosiga ega. Masalan, Ustyurt platosi o’simlik dunyosida kaltakesak va ilonlarning ko’plab turlarini uchratish mumkin. Turli fasllarda bu yerda 200dan ortiq turli xil qushlar yashaydi. Qizilqum sahrosi ko’plab kemiruvchilar va sudraluvchilarning yashash joyi hisoblanadi. Bu yerda faqat qumli sahrolarda uchratish mumkin bo’lgan saksovul soykasini uchratish mumkin.

Qoraqalpog’iston keskin mo’tadil iqlimga ega. Bu yerda yoz quruq issiq, qish esa sovuq va ko’pincha qorsiz qish o’tadi. Bu yerda yog’ingarchilik kam miqdorda bo’lib, u asosan, qish va bahor fasllariga to’gri keladi.  Bunday iqlim sharoitlari hayvonot dunyo vakillarining, xususan,cho’l hududlarda yashovchi, hayot tarzini shakllantiradi. Ular namlik tanqisligi va kuchli jaziramaga turli xil usulda moslashadi. Misol uchun, ma’lum hayvonlar tungi hayot tarziga o’tib, kunduzi inlariga berkinib yoki qumga ko’milib olishadi. Ba’zi hayvonlar umuman suv ichishmaydi. Ular namlikni o’simliklardan, yirtqichlar esa o’z o’ljalarining qonlaridan olishadi. Bundan tashqari, hayvonot dunyosining ba’zi vakillari bahorda faol hayot tarzini kechirishsa, jazirama yoz mavsumida esa uyquga ketadi.

Qoraqalpog’iston, shuningdek, foydali qazilmalarga boy. Uning yeri ostida, katta miqdorda gaz, temir, fosfor, bentonit va kaolin loylari, iste’mol va glauber tuzi, granit, marmar konlari mavjud. Bundan tashqari, ushbu hududda,  xarsangtosh,  hamda, shag’al, gidravlik beton ishlab chiqarish uchun porfirit qazib olinadi.

Qoraqalpog’iston hududida, shuningdek, uchta qo’riqxonalar mavjud. Bular:1971- yilda tashkil etilgan, Beruniy shahrida joylashgan Quyi Amudaryo davlat biosfera reservati, “Saygachi” davlat qo’riqxonasi va 1991-yilda Mo’ynoq tumanida tashkil etilgan “Sudochye” davlat ornitologiya qo’riqxonasi.