Biosfera reservati

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati (oldingi “Baday-to’qay” davlat qo’riqxonasi)- Sulton Uvays tog’ tizmasi etagi va Qoratov tog’ining o’ng tarafida,  Amudaryoning o’ng sohilida joylashgan. Uning maydoni 68717,8 gektarni tashkil etadi.

Rezervat hududi 3 qismga bo’lingan. Alohida qo’riqlanadigan hudud- tabiiy to’qayzor o’rmonlarni, kamyob va yo’qolib ketishi xavfi ostidagi hayvon va o’simliklarni bioturfaxilligini saqlab qolgan holda muhofaza qilish uchun mo’ljallangan. Ushbu hududda har qanday iqtisodiy faoliyat taqiqlanadi va faqatgina ilmiy-tadqiqot izlanish va monitoringlar o’tkazish uchun ruhsat beriladi.

Bufer zona aholida qo’riqlanadigan hududni o’rab olib, ushbu hududdagi resurslardan shiddatli foydalanishdan oradagi qalqon vazifasini bajaradi. O’tish hududi g’arbiy va buffer hududlarga tutashadi. Uning asosiy maqsadi tabiiy resurslardan unumli foydalanishni rivojlantirish hisoblanadi. Bu zona xavfli ishlab chiqarish obyektlari va katta aholi punktlaridan holi, qishloq aholisi istiqomat qiladigan hudud hisoblanadi.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida 356 turdagi umurtqali jonzodlar, shu jumladan 36 turdagi sut emizuvchi hayvon turlari ro’yxatdan o’tkazilgan.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, Xalqaro Tabiatni Muhofaza Qilish Ittifoqi (XTMQ)ning Qizil ro’yxatiga va O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro kiyigini saqlab qilishda keng ko’lamli ishlarni amalga oshirgan. 1978-yilda rezervatda 16 Buxoro kiyigi bo’lgan bo’lsa, 2010-yilga kelib ularning soni 500dan, 2014-yilda esa 700dan ortdi. Olimlarning fikricha, ushbu rezervat Buxoro kiyiklarini saqlab qolish bo’yicha dunyodagi eng katta maskan hisoblanadi.  

Hozirgi kunda rezervatning o’simliklar dunyosi tarkibida 419dan ortiq katta o’simliklar mavjud bo’lib, ularning 320 turi yem-xashak, 68 turi shifobaxsh, 73 turi alkaloid, 47 turi  teri oshlovchi, 20 turi bo’yoqlar uchun, 56 turi zaharli, 11 turi tolali, 25 turi efir moyi beradigan o’simliklar hisoblanadi.