Berdaq milliy muzeyi

1998-yil, mashhur Qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Berdaqning 170-yillik yubileyi munosabati bilan Nukus shahrida Berdaq nomidagi muzey tashkil etildi. Muzey Qoraqalpog’iston davlat universiteti yonida joylashgan.

Berdaq ilk qoraqalpoq tarixchilaridan biri sifatida ham e’tirof etiladi. Uning mashhur “Shejire” asarida, qoraqalpoqlarning kelib chiqishi va turk xalqlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

Muzeyda, asosan, qoraqalpoq madaniyatiga oid ekspozitsiyalar joy olgan. Arab, fors, turk tillarida yozilgan yozma yodgorliklar saqlanadigan qo’lyozmalar zali mehmonlarda alohida qiziqish uyg’otadi. Muzeyda, shuningdek, milliy zargarlik buyumlari va liboslari, uy-ro’zg’or buyumlari va arxeologik topilmalar ham ko’rgazmaga qo’yilgan.