Zargarlik

XIX-XX asr boshlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish barcha savdo va hunarmandchilik markazlarida keng tarqalgan. Har bir katta ovullar o’zlarining zargari mavjud edi. Qoraqalpoq zargarlari o’z mahsulotlari uchun kumush, oltin, bronza, serdolik va firuzaga oid toshlar, shuningdek, marjon, yirtqich hayvon va qushlarning tirnoq va qoziqtishlardan foydalanishgan.

Qoraqalpoq zargarlik san’ati uslubi o’zining hashamati, simmetrik shakli va jonli aylana konturlari bilan ajralib turadi. Zargarlar asosan ayollar zargarlik buyumlari va bolalar tumorlarini ishlab chiqarishgan. Erkaklar uchun, uzuklar, kamarlar va kamar to’qasi, qurol-yarog’ qismlari va ot anjomlari yasalgan. Barcha zargarlik buyumlari yovuzlikdan asrovchi va baxtga eltuvchi tumorlar hisoblangan.

Qoraqalpoq naqshlari va bezaklari juda qadimiy bo’lib, ular skiflar davriga borib taqaladi. Ular ibodat razmlari va totemlarni o’zida aks ettirgan. Bu zargarlik buyumlarining ko’pchiligi, masalan “shar-tuyme”, “anshik” shokilalari, “burgutning tog’ qo’yga hujumi”ni tasvirlayotgan chakka tumori (kiran) lar boshqa xalqlarda uchramaydi.

Zargarlar yosh qizlar uchun katta ko’krak marjonlari ishlab chiqarishgan. Bular jumlasiga: jumalak-tuyme (“ilon izi” nomli belbog’ naqshli, yarim tuxum shaklidagi bezaklar); baka tuyme (uslubga solingan baqalar); shar-tuyme (xoch shakliga ega Quyosh va Olov ramzi,)lar kiradi.  “Jaranglaydigan” tasma naqshli ongirmonshak bezagi yovuz ruhlarni haydash qobiliyatiga ega deb ishonilgan. U gumbazsimon shaklga ega edi, uning yumaloq asosidan jaranglaydigan goza sharlari (yong’oqlar) va rombli zanjirlar o’tkazib chiqilgan edi.

O’ziga xos ayollar chakka sirg’asi silsineli-sirga,iyak ostida romb shaklidagi shokilali zanjir bilan bog’langan. Ushbu zanjir to’y kuni kelinning kiyinish marosimidan so’ng yechib qo’yilgan, va shundan so’ng u soyau-sirga (bargsiz poya) deb atalgan. 

Qoraqalpoq ayollarining ulkan ko’krak zargarlik buyumlarida (haykel) shoxi tepaga qayrilgan buqa va shoxi pastga qayrilgan qo’y tasvirlari bilan bog’liq shoxsimon uchlari bo’lgan. “Xaykel” nomi ularning ajdodlarining sig’inishlari va totemizmdan kelib chiqqan. Kuchli buqa va serpusht qo’yning shoxi yovuz kuchlardan asrovchi xususiyatga ega  deb hisoblangan va “oy buqasi” va “quyosh qo’yi” ramzlari sifatida ko’rilgan.  Boshqa turdagi qoraqalpoq zargarlik buyumlari, qal’a devori (boshpana ramzi) va gullagan uchbarg butasi (Umay ramzi -homilador ayol va bolalar himoyachisi) tasvirlarini o’zida aks ettirgan edi. Zargarlik buyumining markazida tumor-kovak g’ilof bo’lib, uning ichida qadimdan “yovuzlik kuchlaridan asrovchi” igna saqlangan. Hududga Islom dini kirib kelganidan so’ng, ignaning o’rnini qog’ozda yozilgan duo egalladi. Xaykel kelin sepining asosiy zargarlik buyumi hisoblangan. Uni kelin, farzand ko’rishgacha bo’lgan butun davr davomida tumor qilib taqib yurgan.

Bronza zargarlik bezagi anshik (ona) –qadimgi unumdorlik ma’budasi ramzi edi. Uni ona bo’lisha tayyorlanayotdan ayolga yovuz ko’zlardan asrovchi tumor sifatida to’y kuni berishgan. Bezak sxema tarzda ayol qomati va uning qornini tasvirlagan. Bundan tashqari, anshik, qadimiy totemlarni- qarama-qarshi turgan qush yoki qo’y, bo’ri boshini tasvirlagan. Ular ayolning farzand ko’rish kuchlarini kunu tun himoya qilishgan. Ushbu bezakda qadimiy ikki dunyo:insonlar dunyosi va ruhlar dunyosining o’zaro tas’iri saqlanib qolgan edi.

Qadimda turmushga chiqqan qoraqalpoq ayollarni oltin  yoki kumush arebek deb nomlangan burun uzugini taqib yurishgan. Shunga o’xshash burun uzuklari turkmanlar, o’zbek-qipchoqlari, arablar va boshqalarda uchragan.

Qoraqalpoq ayollari qo’l bilaguzuklari qatorida: relyef bezakli og’ir quyma bilaguzuk (kuyma-bilezik), hamda, “ilon izi” naqshli va ikki-uch qator serdolikli katta bilaguzuk (xasil-tasli-bilegizik)lar  alohida ajralib turgan. Bilaguzukning uchi, yirtqich hayvonlarning tishlari va panjasini eslatadi.